“Mashal” makedoniyalik futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2018
Muborakning “Mashal” klubi o'z safiga yangi futbolchi qo'shishda davom etadi.

Bir necha daqiqa oldin “gazchilar” O'zbekiston U-19 terma jamoasi a'zosi bilan ikki yillik shartnoma imzolashgani borasida xabar berib o'tgandik.

Aleksandr Xomyakov jamoasiga yana bir xorijlik o'yinchi kelib qo'shilishi kutilmoqda. Ayni paytda muborakliklar makedoniyalik himoyachi Jalil Asani bilan og'zaki kelishuvga erishishgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Машъал” матбуот хизмати