"Mashal": "Kelajak Yulduzlari"-2016 bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'rilmoqda

Narzulla Saydullayev
27 okt 2016, 17:57
2006 yilda tavallud topgan "Mashal" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Qashqadaryoda bo'lib o'tadigan "Kelajak Yulduzlari"-2016 bahslariga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, musobaqa 4-6 noyabr kunlari Qarshi shahridagi "Geolog" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Unda "Mashal" va "Nasaf"  akademiyalarining tarbiyalanuvchilari va "Sho'rtan" hamda viloyatdagi boshqa BO'SMlar qatnashadilar. Musobaqa festival ko'rinishida bo'lib o'tadi. Unda 8ta jamoa uchta turda o'zaro bellashadilar.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz