

Mazkur bahsda jamoamiz safida bir necha yo'qotishlar bor. Jumladan Humoyun Murtozaev va Shohruh Dostonov jarohati bois maydonga tusha olmaydi. Undan tashqari Shahzod Shaymanov va Mikita Bukatkin ham ogohlantirishlari soni 4 taga etgani bois maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "Dinamo" bahsi ertaga, Muborakda 16:00 da start oladi.



