Mashal – Dinamo uchrashuvi hakamlari ma'lum

"Mashal" navbatdagi turni o'z maydonida Samarqandning "Dinamo" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Muborakda bo'lib o'tadigan 21-tur uchun PFL hakamlar guruhini ma'lum qildi. Unga ko'ra mazkur bahsni Baxtiyor Namozov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.  Uchrashuv nazoratchisi esa Toshkent shahridan Aytekov bo'ladi.

Oliy liga. 21-tur

Mashal (Muborak) – Dinamo (Samarkand)
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent) T. Gaynulin (Toshkent), A.Usmonov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Eslatib o'tamiz , ushbu hakamlar guruhi "Mashal"ning o'tgan davradagi 6-turdan o'rin olgan  "Neftchi" - "Mashal" (0:0) uchrashuvini ham boshqarib borgan edi.

Manba: fcmashal.uz