Maruan Shamax "Kristal Pelas" jamoasiga o'tdi

13 avg 2013, 11:37
"Kristal Pelas" Londonning "Arsenal" klubi a'zosi Maruan Shamax bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
29 yoshli hujumchi 2010 yilda "Arsenal"ga o'tgan, biroq u Arsen Venger jamoasida o'z o'rnini yo'qotib bordi. Shuning uchun ham unga boshqa jamoa bilan muzokara olib borishga ruxsat berildi.

"Kristal Pelas" rasmiy sayti bu haqida shknday yozadi: "Klub Maruan Shamaxning bizning jamoaga o'tganligini tasdiqlashdan juda mamnun. Marokashlik futbolchi biz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi".

"Arsenal" sobiq hujumchisi tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi. U yangi jamoa safida 29 raqam ostida to'p surishi ma'lum bo'ldi.


Manba: skysports.com