

"Bilaman, "Everton" meni olib qolishni istadi. Biroq men u klubda besh yil o'ynadim va endi ketish vaqti keldi. Eski klubimga meni qo'llab quvvtlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ammo men uchun endi yangi davr boshlanyapti. Men sovrinlar yutishni, Chempionlar Ligasida ishtirok etishni istayman va bularning barini men aynan "Manchester Yunayted"da amalga oshirishim mumkin", deya Fellayni so'zlaridan BBC iqtibos keltirmoqda.



