Martino: “Barselona” mag'lub bo'lsa men aybdor, g'alaba qozonsa futbolchilarning xizmati hisoblanardi”

Tolibjon Qosimov
27 iyun 2014, 19:33
“Barselona” sobiq murabbiyi Xerardo Martino Pep Gvardiola bilan Buenos-Ayresdagi konferenciyada ishtirok etdi va kataloniya klubi murabbiylar shtabi haqida fikr bildirib o'tdi.
“Pepning “Barselona”si tarixdagi eng yaxshi jamoa bo'lgan va barcha tenglashtirishlar mening foydamga bo'lmagan. Agar siz “Barselona” bilan g'olib bo'lsangiz, bu futbolchilarning xizmati hisoblanadi, agar yutqazib qo'ysak – bu meni aybim. Bunday holatda davom ettirish qiyin edi. Futbolchilardan matbuot orqali qo'llab-quvvatlash yoqimli bo'lardi, ammo oxiri men hammasidan charchadim” – deydi Martino.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com