Martin O’Nil: "Koulmenning jarohati - katta baxtsizlik"

Tolibjon Qosimov
25 mar 2017
Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Martin O’Nil JCH-2018 saralashi doirasida Uels bilan o'yin (0:0)dan keyin jamoa sardori Sheymus Koulmenning jarohati borasida fikr bildirib o'tdi.

"Sheymus shifoxonaga jo'natildi, uning oyog'i singan. Bu holat u uchun katta baxtsizlik, chunki o'z jamoasida eng yaxshi mavsumni o'tkazayotgan edi. Koulmen terma jamoaga juda zarur, u xarakterga ega haqiqiy sardor. Bu "Everton" va bizning terma jamoa uchun katta yo'qotish", - deydi O’Nil.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: TMW