Martin Breytueyt: "Kimdir gapirishni yaxshi ko'radi, men esa o'z so'zimni maydonda aytaman"

Aslanov Jasurbek
16 avg 2021
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt La Liganing ilk turida "Real Sosedad" (4:2)ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ushbu bahsda daniyalik forvard dubl qayd etdi hamda golli uzatma amalga oshirdi.

"Kimdir gapirishni yaxshi ko'radi. Men esa o'z so'zimni maydonda aytaman", - deb yozgan Breytueyt Instagram sahifasida.

Shuningdek, Usmon Dembele va Filippe Koutino jamoadoshining postiga ijobiy fikr bildirishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/braithwaiteofficial