

"Navbahor" klubi rahbariyatida bir necha o'zgarishlar bo'ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman ma'lum qildi.
"Bugun "Navbahor" uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Markaziy" stadionida yig'ilish o'tkazildi. Uni Namangan shahar, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzaev olib bordi.
Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rildi. "Navbahor" PFK prezidenti Rasul Nizambaev sog'ligidagi muammolar sababli, o'z arizasiga binoan iste'foga chiqqani ma'lum qilindi.
Shuningdek, Baxtiyor Nurmatov yana "Navbahor" klubi bosh direktori lavozimiga qaytdi.
Bungacha ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Akmal Soxibov esa direktor o'rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlaydigan bo'ldi", -deyiladi "Navbahor" klubi rasmiy bayonotida.
Ma'lumot uchun, "Navbahor" PFK prezidenti Rasul Nizambaev 2024 yilning beshinchi mart kuni ushbu lavozimga tayinlangandi.




