Marsyalning rafiqasi: "U Mourinyu bilan umuman gaplashmasdi"

Mirjalol Normatov
30 dek 2020
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalning rafiqasi Melani da Krus turmush o'rtog'i hamda Joze Mourinyu o'rtasidagi munosabatlar haqida gapirdi.

"Bizning dastlabki ikki yilimiz juda og'ir o'tdi. Chunki Mourinyo Marsyalni hisobdan chiqarib bo'lgandi. Antonining ham ruham, ham jismonan o'zini sindirayotganini ko'rayotgandik. Shunday og'ir davrlar keldiki, bosh murabbiydan qochish uchun ayrim tadbirlarga ham bormasdik.

Agarda futbolchi bosh murabbiyidan hafa bo'lsa, ko'pchilik ayollar buni ijtimoiy tarmoqlarda yozib chiqaradi. Men ham shunday qilishim borasida Antonidan so'ragandim, biroq u buni istamadi", - dedi Melani da Krus.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal