Marsyalga "Inter" qiziqmoqda. MYU forvardni yozda tekinga qo'yib yubormaslik uchun yanvarda sotishi mumkin

Narzulla Saydullayev
27 dek 2023, 19:15
Antoni Marsyal faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Manchester Yunayted" forvardini "Inter" kuzatmoqda. Marsyal yanvarda sotilishi mumkin, sababi MYU francuzni 2024 yilning yozida erkin agent maqomida qo'yib yubormoqchi emas.

"Inter" shuningdek shartnomalari mavsum so'nggida yakuniga etadigan Mehdi Taremi ("Portu") va Luis Muriel ("Atalanta")ga qiziqmoqda. "Neradzurrilar" shuningdek "Chelsi"dan Armando Broyani ijara asosida olib kelish variantini ko'rib chiqishmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gazzetta.it