Marselo "Real"dan ketganidan so'ng La Ligada qolmoqchi

Alisher
16 iyun 2022
"Real"dan ketishi e'lon qilingan himoyachi Marselo faoliyatini Ispaniyada davom ettirish uchun variantlarni ko'rib chiqmoqda.

Braziliyalik o'zini yuqori darajada o'ynay oladi deb hisoblaydi, shuningdek Ispaniyadagi hayot uning oilasi uchun asosiysidir, qolaversa, uning o'g'li "Real" akademiyasida o'ynaydi.

34 yoshli braziliyalikda uchta variant bor: "Valyadolid", "Xetafe" va "Rayo Valekano".

Eslatib o'tamiz, yaqindagina "Real"dan ketgan Marselo "qirollik klubi"da 2007 yildan beri o'ynayotgandi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo