Marselo "Real" rahbariyatidan uni trancferga qo'yishni so'radi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2019
"Real" himoyachisi Marselo klubni tark etmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, himoyachi klub rahbariyatidan o'zini transferga qo'yishni so'radi. Braziliyalik Krishtianu Ronaldu o'ynayotgan "Yuventus"ga o'tmoqchi. Futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Oldinroq, Ronaldu Marseloni "Yuventus"ga o'tishga ko'ndirmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi. Avvaliga braziliyalik "Qirollik klubi"ni tark etish niyatida emas edi, biroq so'nggi kunlarda uning fikri o'zgardi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca