"Marsel"ning sobiq prezidenti vafot etdi

Mirjalol Normatov
3 okt 2021, 18:40
3 oktyabr kuni "Marsel" va "Adidas"ning sobiq prezidenti Bernar Tapi 78 yoshida vafot etdi.

2017 yildan buyon u oshqozon saratoniga qarshi kurashib kelayotgandi. So'nggi oylarda uning salomatligi ancha yomonlashgandi.

"Tapi doimo marselliklarning yuragida qoladi. U bir umr klubning afsonasi bo'laveradi. Uning yaqinlariga taziya bildiramiz", - deb yoziladi klub bayonotida.

Tapi 1986-1994 yillar davomida "Marsel" klubi prezidenti bo'lib ishladi. Ushbu davr mobaynida klub 4 marta Fransiya chempioni bo'ldi. Shuningdek, 1993 yilda YCHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

1990-93 yillar davomida u "Adidas"ga ham rahbarlik qildi.

1990 yillar o'rtasida u kelishilgan o'yinlarni tashkil qilish bilan ayblanib, qamoq jazosiga tayinlandi va o'shanda "Marsel"ning 1992/93 yilgi chempionligi olib qo'yilib, jamoa ikkinchi divizionga tushirib yuborilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal