“Marsel”ning ehtimoliy xo'jayini o'z klubida Zidan va Ronalduni ko'rmoqchi

Eldor Akmurzayev
12 iyul 2020, 21:05
Tunislik tadbirkor Muhammad Ayachi Ayrudi Fransiya klubining yangi xo'jayiniga aylanish kutilmoqda.

“Yangi murabbiy? Hozirda ushbu lavozimni egallab turgan mutaxassisning o'zi ham juda yaxshi. Biroq, mahalliy murabbiyga topshirsak bo'larmidi? Zinedin Zidan? Vaqt ko'rsatadi.

Futbolni sevaman. Sport tomondan u menga yaqin. Menga nemis madaniyati yoqadi, ayniqsa Myunxenning “Bavariya”si va “Barselona”ning shijoati. Men hech qachon unutmaydigan futbolchi esa Krishtianu Ronaldudir. Tartib-intizomni xush ko'raman. U o'zida mazkur fazilatlarni mujassamlashtirgan.

Uni “Marsel”da ko'rishni xohlarmidim? Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Orzuim uning “Marsel”da o'ynashini ko'rishdir. Ammo bu klubning potencial prezidenti Murad Budjalolning vazifasi bo'ladi”, deydi Muhammad Ayachi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal