Marselino: "Vilyarreal" "Atletiko" ustidan haqli g'alabaga erishdi"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2014
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Marselino Ispaniya chempionati 15-turida "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alaba haqida o'z fikrini bildirdi.

"Biz Yevropaning kuchli jamoalaridan birini mag'lub etdik. Futbolchilarimiz "Atletiko" ustidan munosib g'alabaga erishdi. Agar bugungiday imkoniyatlarimizdan yaxshi foydalanganimizda, "Real", "Barselona" va "Sevilya"ga qarshi uchrashuvlarda ham ochkoga ega bo'lardik. Yigitlar uchun xursandman - ular bugun raqobatbardosh jamoa ekanligini isbotlashdi" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru