Marselino Garsiya Toral "Marsel"dan qanday haydalganini aytdi

Mirjalol Normatov
17 okt 2023
"Marsel"ning sobiq bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral nima sababdan ushbu klubda qam ishlaganini aytdi.

"Marsel" prezidenti menga: "Bunday shart-sharoitda ishlay olmaysiz", deb aytdi. Klub muxlislari uning oldiga kirib po'pisa qilishgan - yoki bosh murabbiy ishdan ketadi yoki klub prezidentining faoliyatiga katta ta’sir o'tkaziladi. Shu sababli ular bosh murabbiyning iste'fosini talab qilishgan", - dedi murabbiy Relevo nashriga.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis "Marsel" bosh murabbiyi sifatida 7 o'yin o'tkazdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Relevo