“Marsel” tarbiyalanuvchisi otishma natijasida halok bo'ldi. Voqea Rojdestvo arafasida ro'y berdi

Eldor Akmurzayev
25 dek 2022
“Oban” forvardi Adel Santana Mendi otishma qurboniga aylandi.

Voqea juma kuni kechqurun Marselda yuz berdi. Rojdestvo arafasida futbolchi otishma natijasida halok bo'ldi.

22 yoshli hujumchi “Marsel” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Andorra, Angliya klublarida faoliyat olib borgan. Joriy mavsumda esa u Fransiya 4-divizionida 11 bahsda qatnashib, bitta gol urishga erishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Get French Football News