“Marsel” “Milan” futbolchisiga 3 yillik shartnoma taklif qildi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2017
“Milan” klubi hujumchisi Karlos Bakka faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Aniqrog'i, “Marsel” klubi kolumbiyalik futbolchiga 4 yillik shartnoma taklif qildi, deb xabar bermoqda. La Provence internet nashri. Fransiyaliklar Bakkaga yiliga 4 mln evrolik maosh ham vada qilishyapti.

Avvalroq, 30 yoshli hujumchining o'zi “Milan”da baxtiyor ekanligi va yangi mavsumda ham “rossonerilar” safida qolishini aytgan edi. Bakkaning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Bakka Italiya chempionatining 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 13ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan edi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: