Marotta: "VAR "Yuventus"ning barcha g'alabalarini qonuniylashtirishga yordam berishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
12 noya 2017
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marotta joriy mavsumdan Italiya chempionatida video assistent tizimi (VAR) ishga tushgani haqida fikr bildirdi.

"Biz har safar g'alaba qozonishimiz shart. Jamoa skudetto uchun qurilgan, klub uchun qolgan variatlar mag'lubiyat hisoblanadi.

Biz VAR dan qo'rqmaymiz, aslida u bizga g'alabalarimizni qonuniylashtirishda yordam berishi mumkin. Kuchlilarning muammosi shundaki, muvaffaqiyat hasad uyg'otadi. Bundan tashqari, ko'plab klublarda mag'lubiyatni qabul qilish madaniyati yo'q" - deydi Marotta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Giornale