Marotta Skudetto uchun "Inter" va "Milan"ni favorit deb atadi va Pogba uchun 80 million evrolik taklifni rad etishganini ta'kidladi

"Yuventus" bosh menejeri Juzeppe Marotta yangi mavsum oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


Pogbaning o'z unga 10 raqamni berishimizni so'radi. Biz bunga albatta rozi bo'ldik. Pogba hali o'zi yosh bola bo'lib yurgan paytlarda bu raqamda kimlar o'ynaganini eslab, u ham shu raqamda o'ynashni istashini bildirdi. Transfer? Biz hali yana yarim himoyachi izlamoqdamiz. Variantlar ko'p. Biroq biz istaydigan sifatdagi futbolchilar u qadar ko'p emas. Bazi haqiqatlarga tiq boqishimiz kerak. Jamoamizni bu yili uchta asosiy futbolchisi ketishdi. Endi yangi kelib qo'shilgan futbolchilarning ishtiyoqini oshirishimiz lozim. Ketgan futbolchilarni barcha o'zlarini xohishlari bilan jamoamizni tark etishdi. "Yuventus" endi qaytadan tashkil etilmoqda. Jamoamizni yoshartirdik. Sturaro, Dzadza, Rugani, Pereyra, dibala kabi yoshlarga ishonamiz. Biz hech kimni pul ishlab olish maqsadida sotmaymiz. Kimdir o'zi ketishni istasa, o'shanda o'sha futbolchini sotib yuborishimiz mumkin. Shuni aytib o'tishim mumkinki, Pogba uchun 80 million evrolik taklifni rad etdik.
Skudetto? Bu mavsumda "Inter" va "Milan" jamoalari bosh sovrin uchun kurashda favorit sanalishadi. Ular transfer oynasida juda yaxshi ish olib borishdi.


Manba: Football-Italia