

Unda ispanlar qo'shimcha bo'limlar va hatto penaltilar seriyasida ham marokashliklar postiga yo'l topa olmadi va mundialni tark etdi.
Qayd etish kerak, ispaniyaliklar katta turnirlarda ketma-ket beshinchi marta qo'shimcha bo'limlarda o'ynadi - JCH-2018da penaltilar seriyasida Rossiyadan mag'lub bo'lgan Ispaniya Evro-2020da ketma-ket Xorvatiya, Shveytsariya va Italiya bilan qo'shimcha taymlarda o'ynadi va italyanlar to'sig'idan o'ta olmadi. JCH-2022da esa Marokash termasi Ispaniyadan seriyada ustun keldi.
Shuningdek, 2010 yilgi jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan Ispaniya termasi ketma-ket uchinchi marta 1/8 finaldan o'ta olmayapti.
Undan tashqari, Ispaniya jahon chempionatlari tarixida penaltilar seriyasida mag'lub bo'lish bo'yicha "yetakchi" bo'lib oldi. Terma 5 seriyaning 4tasida mag'lub bo'ldi. Bungacha ular Angliya va Italiya bilan teng natija ko'rsatayotgandi.



