Marokash terma jamoasi Argentinadan Messi borasida tushuntirish talab qildi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2019
Marokash qirollik futbol federatsiyasi Argentinaga qarshi bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvida Lionel Messi ishtirok etmasligi borasida bayonot berdi.

Oldinroq, 31 yoshli argentinalik mushak muammosi tufayli marokashliklar bilan o'yinni o'tkazib yuborishi e'lon qilingan edi. Jarohat sababli futbolchi milliy jamoa safini tark etdi. Marokash futbol federatsiyasi Argentinadan nega Messi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushmasligi borasida tushuntirish talab qildi. O'rtoqlik o'yini shartlariga ko'ra, ikkala jamoa uchrashuvda jangovar tarkiblar bilan maydonga tushishi kerak.

Messining maydonga tushmasligi moliyaviy jihatga ham ta’sir qiladi. Agar Lionel Messi bahsda ishtirok etganida, Argentina hisobiga 969 ming evro tushardi, biroq endi ular bor-yo'g'i Marokashdan 528 ming evro olishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: frmf.ma