Marokash bilan bahsda tizzasidan jarohatlangan Jiru finalda qatnashadimi?
Eldor Akmurzayev
16 dek 2022
JCH-2022 yarim finalida Fransiya – Marokash (2:0) bahsining 65-daqiqasida Olive Jiru zaxiraga olingandi.
36 yoshli futbolchi tizzasida og'riq his qilmoqda. “Europe 1” manbasiga ko'ra, Jiruning jarohati jiddiy emas va u Argentinaga qarshi final uchrashuviga qadar safga qaytadi.
Forvard joriy turnirda 5 bahsda qatnashib, 4 ta golni o'z hisobiga yozdirdi.