Marlen Chobanov: "Sherzod A'zamov, Egor Krimec, Anzur Ismoilovdan ko'p narsa o'rganyapman"

Aslanov Jasurbek
7 noya 2021
Ushbu mavsumda "Paxtakor"ning mudofaa chizig'ida yana bir yosh futbolchi Marlen Chobanov harakat qildi.

Himoyada Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Sherzod A'zamov singari tajribali futbolchilar bilan raqobatlashgan Marlen Chobanov chempionlik tadbiridan so'ng fikrlarini bildirdi. 

"Bu men uchun O'zbekistondagi birinchi chempionlik hisoblanadi. Albatta juda yoqimli. Oldimizda hali O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish vazifasi turibdi. Shunday ruhda oldinga intilishda va mashg'ulotlarda ishlashda davom etamiz. 

Ha, asosiy tarkibga kirish uchun qattiq mehnat qilishimga to'g'ri keldi. Chunki jamoada Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Sherzod A'zamov singari tajribali himoyachilar bor edi. Ular bilan birga mashg'ulot o'tkazish, raqobatlashish yoqadi. Bunday futbolchilardan ko'p narsa o'rgansa o'rganyapman, desam mubolag'a bo'lmaydi. Jamoaga kelgan ilk kunlarimdan meni qo'llab-quvvatlashdi. Biz uchun eng qiyin o'yinlar safarda o'tdi. Chunki mehmondagi maydonlarda to'p tepish og'ir bo'ldi. Toshkentda esa uy maydonimiz doim ajoyib holatda",- deydi Marlen Chobanov.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia