Markus Reshford: "Ikkinchi o'rinni olishimiz kerak"

Narzulla Saydullayev
11 mar 2018
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Liverpul" bilan o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu katta o'yin edi. Ikkinchi o'rin uchun jiddiy bahs edi. Biz mavsumni ikkinchi o'rinda tugatishimiz kerak. Imkoniyat berilganida undan foydalanish kerakligini ko'rsatdik. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bu erda ekanligini bilmagandim. U biz bilan doimo aloqada", - deydi Reshford Sky Sports'ga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com