Markus Rashford yozda MYUni tark etishi mumkin. Uning ehtimoliy jamoasi ham ma'lum

Khoja
28 iyun 2024
26 yoshli futbolchi Manchesterni tark etishi mumkin.

Markus Rashfordga PSJ tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. Parijliklar ancha vaqtdan beri angliyalik futbolchini kuzatib kelishmoqda va yozda u bilan shartnoma tuzishga harakat qilishmoqchi.

PSJ hujumchi uchun Manchester Yunaytedga 80 million evro to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Markus Rashford o'tgan mavsum 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golga assist qayd etgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com