Markos Lorente so'nggi 12ta o'yinda 8 ochko jamg'ardi. Bungacha 96ta o'yinda 4 ochko edi

Alisher
4 iyul 2020
"Atletiko" yarim himoyachisi Markos Lorente La Liga 34-turi doirasidagi "Malorka" (3:0, ikkinchi taymda)ga qarshi o'yinda assist ijro etdi.

Shunday ekan 24 yoshli ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalardagi so'nggi 12ta o'yinda 8 (4+4) ochko jamg'ardi.

Qayd etish kerakki, bungacha 96ta o'yinda xavbek 4 (2+2) ochkogina ishlagan.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" Lorenteni o'tgan yilning yozida "Real"dan 40 million evro evaziga xarid qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OptaJose