Marko Stanoevich: "Moliyaviy rag'batni emas, guruhdan chiqishni o'ylayapmiz"

Aslanov Jasurbek
13 may 2021
OFK kubogida yurtimiz sharafini himoya qiladigan "Nasaf" Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida oldindagi o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Kechagi kungi mashg'ulotidan so'ng jamoaning serbiyalik yarim himoyachisi Marko Stanoevichning fikrlari bilan qiziqdik.

"Jamoamiz OFK kubogi bahslariga tayyor, deya olaman. Tojikistonda ikkita mashg'ulot o'tkazishga ulgurdik. Maydonga moslashyapmiz. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Ha, tarkibimizda yosh futbolchilar, bunday musobaqada ilk bor ishtirok etayotganlar ham bor. Fikrimcha, bu bizga maqsadimizga erishish uchun to'sqinlik qilmaydi. Ichki chempionat bahslari orqali ko'pchilik bunga amin bo'ldi. 

Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushamiz. Musobaqada o'zimning eng yaxshi o'yinlarimni ko'rsatishga harakat qilaman. O'zbekiston chempionatida urayotgan gollarimni bu erda ham takrorlashga urinib ko'raman. Muhimi jamoam g'alabasi va muxlislarimizning xursandchiligi. 

Maqsadimiz guruhdan chiqish. Bunday turnir yosh futbolchilarga o'zini ko'rsatishi uchun ham ajoyib imkoniyat. 

Moliyaviy rag'bat? Tojikistonga ketishimizdan oldin rahbariyat jamoa bilan uchrashdi. Omad tiladi. Umuman olganda moliyaviy rag'batni emas, keyingi bosqichiga chiqishni o'ylayapmiz",- deydi Marko Stanoevich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia