Marko Arnautovich: “Bizning vazifamiz-gol urish”

17 sen 2018, 08:45
“Vest Xem” jamoasi hujumchisi APLning beshinchi turida “Everton” ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berdi.

“Biz uchun o'yinga qaytish va ketma-ket 4 ta mag'lubiyatdan so'ng yaxshi ishtirok muhim edi. Darvozabondan tortib jamoaning barcha o'yinchisi bugun ajoyib o'yin o'tkazdi. Yarim himoyamiz juda ajoyib edi, bizning vazifamiz doimo- gol urish”,-deydi Marko.

Ma'lumot uchun, “Vest Xem” mavsumdagi ilk g'alabasini APLning 5-turiga kelibgina qo'lga kiritdi. U bungacha faqat mag'lubiyat alamini totib ko'rayotgandi.



Manba: Sky Sports