Marez: "Roma" bilan muzokara o'tkazgan bo'lardim, ammo bunday huquqqa ega emasman"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2017
"Lester Siti" yarim himoyachisi Riyad Marez "Roma"ga o'tishga qiziqayotganini tan oldi.

"Roma" meni qo'lga kiritish uchun "Lester" bilan bog'langanini bilaman, biroq hozircha hech narsa kelishilmadi, shu sababli hes narsa qila olmayman. "Roma" - ajoyib klub, ular bilan muzokara o'tkazgan bo'lardim, ammo bunday huquqqa ega emasman, hozircha klublar o'zaro kelishib olgani yo'q.

"Lester"dagilar nima istashimni bilishadi, ammo avvalgidek maydonda bor kuchimni beraman. Transfer oynasi bir oydan so'ng yopiladi, hali vaqt bor" - deydi Marez.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports