Marez "Lester" mashg'ulotlariga qaytishga tayyor, lekin bir shart bilan

Tolibjon Qosimov
8 fev 2018, 19:07
"Lester" yarim himoyachisi Riyad Marez mashg'ulotlarga qaytishga va "tulkilar" uchun o'ynashga tayyor.

Buni "The Times" tasdiqladi. Manbaning xabar berishicha, futbolchi buning uchun klub rahbariyatidan yozgi transfer oynasida boshqa jamoalardan taklif bo'lsa, bunga to'sqinlik qilmaslikka kafolat olmoqchi. Voqealar rivojini kuzatamiz.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Times