

"Bugun juda chiroyli g'alabani qo'lga kiritdik, ammo shunday shiddatli va murosasiz bahsda g'alaba qozonish oson bo'lmadi. Barchasini o'zlaring ko'rdinglar. Bugungi g'alaba so'zsiz muboraklik muhlislarimizniki. Ular bizni barcha bahslarda qo'llab-quvvatlab turishdi, shunday ekan bu g'alabamiz egasi ulardir.
Istardimki jamoamiz va muxlislarimiz yuzidagi bugungidek quvonch hech qachon ularni tark etmasin. Qo'limni ko'ksimga qo'yib muboraklik muxlislarimizga tazim qilib qolaman", - deydi Maradona Safarov.
"Mashal" matbuot xizmati



