Manuel Noyer: Qo'riqlayotgan darvozaga zarba kam berishsa bu yomon

Narzulla Saydullayev
30 okt 2013
Bavariya posbon Manuel Noyer Xosep Gvardiola kelgach klubning o'yin uslubi o'zgarganini aytib o'tdi.
Gvardiolaga oldinga uzun paslar berishimiz yoqmaydi. O'tgan mavsumda biz bunday paslar bilan Mandjukichga to'p uzatardik.

Ayni paytda jamoa ko'proq qisqa paslar bilan o'ynamoqda.

Butun o'yin davomida qo'riqlayotgan darvozam tomon zarba berishmasa men koncentraciyani yo'qotaman va bu yomon, – deydi Noyer Germaniya futbol Federatsiyasi rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru