Manuchehr Safarov: "Faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. Bizda ortga yo'l yo'q edi"

Administrator
23 yanv 2024
Osiyo kubogi-2023 "A" guruh 3-tur doirasidagi Tojikiston - Livan (2:1) uchrashuvidan so'ng, "Neftchi" klubi va Tojikiston terma jamoalari futbolchisi Manuchehr Safarov saytimizga kichik intervyu berdi.

- Manuchehr, o'yin haqida nimalar deya olasiz? Tojikiston futboli tarixidagi eng yorqin uchrashuvlardan biri bo'ldi...

- Yaxshi uchrashuv guvohi bo'ldik. Qanday o'yin ko'rsatganimizni ko'rdingiz. Bizda hozir ajoyib terma jamoa bor, unda yaxshi o'yinchilar jamlangan. Keyingi bosqichga chiqishimizga ishongandik. Butun Tojikistonni tabriklayman. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga raxmat, bizni qo'llamaganlarga ham rahmat. 

- Ikkinchi turdan keyin futbolchilar bilan suhbatlashganimizda ulardagi ishonch yaqqol sezilib turgandi. Jamoada bu qadar yuqori ishonch qayerdan paydo bo'lgan?

- Shunchaki, bizda ortga yo'l yo'q edi. Bugungi o'yinga faqat g'alaba qozonish uchun tushgandik. 

- Nimchorak final o'yiniga qanday tayyorgarlik ko'rasizlar? Tojikiston o'z tarixida birinchi marta bu bosqichda o'ynaydi...

- Osiyo kubogida ham ilk marta ishtirok etyapmiz. Birinchi urinishning o'zida guruhdan chiqdik. Keyingi bosqich o'yiniga huddi bugungidek puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Nimchorak finalda oson raqib bo'lmasligi aniq. Oxirgi nafasimiz qolguncha kurashishda davom etamiz. 

- Tojikiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashuv bugungi o'yinga qanday ta’sir o'tkazdi?

- Prezidentimiz bugungi o'yinda faqat hujum qilish kerakligini ta'kidladilar. Davlat rahbari bilan uchrashuv bizga motivaciya berdi.  Bugun o'zimizga topshirilgan vazifani a'lo darajada bajardik.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia