Manjukichga "Fenerbaxche", "Galatasaroy" va "Benevento" klublari qiziqmoqda

Alisher
6 iyul 2020
Forvard Mario Manjukich faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, 34 yoshli xorvatiyalik futbolchiga "Fenerbaxche" va "Galatasaroy" klublari qiziqish bildirmoqda. 

O'yinchiga shuningdek "Benevento" ham befarq emas. Oldinroq esa uning "Lokomotiv" (Moskva)ga o'tishi borasida gap-so'zlar yangragan edi.

Forvard "Al Duxayl" bilan shartnoma bekor qilinganini va erkin agent bo'lganini e'lon qildi. Futbolchi Qatar chempionatida 5ta o'yinda maydonga tushib, gol ham, assist ham qayd eta olmadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira