Manjukich va Abate Qatar klubi taklifini rad etishdi

Alisher
12 sen 2019
"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich va "Milan"ning sobiq himoyachisi Inyacio Abate Qatar klubiga o'tishlari mumkin edi.

"Al Garafa" Abatega mavsum uchun 2,2 million evro taklif qilgan.

Ammo, 32 yoshli futbolchi faoliyatini pastroq chempionatda davom ettirishni xohlamagan.

Oldinroq, Manjukich bu klubdan bo'lgan taklifni rad etgan edi.

Eslatib o'tamiz, Abate iyuldan beri erkin agent maqomida yuribdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira