Mane Senegalda shifoxona quradi

Sherzod Nurmatov
11 apr 2020
"Liverpul" futbolchisi Sadio Mane ona qishlog'i Bambala aholisiga yordam berishda davom etadi.

"Ko'chada futbol o'ynab yurganimda, oldimga amakimning o'g'li kelib otam vafot etganini aytdi. O'shanda etti yoshda edim va buni tushunmasdim. O'limidan oldin u bir necha hafta kasal bo'lib uyda yotdi. Shifoxona yo'q edi, otam uch-to'rt oy uyda davolangandi.

Singlim ham uyda dunyoga kelgani yaxshi esimda. Shu sababli men shifoxona qurishga qaror qildim" - deydi Mane.

Kasalxona olti oy ichida qurib bitkaziladi. Eslatib o'tamiz, Mane bundan oldin o'z qishlog'ida 270 ming evrolik maktab barpo etgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian