Manchini: “Zlatan Messi va Ronaldu bilan bir darajada”

Eldor Akmurzayev
18 apr 2020
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Milan” forvardi Zlatan Ibragimovichga yuqori baho berdi.

“Zlatanni barcha davrlarning eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida eslab qolishadi. Uni Messi hamda Ronaldu bilan bir darajaga qo'yaman. U borgan joyida tonnalab gollarni urib, chempionga aylangan. Joriy mavsum “Milan”da ham yaxshi o'ynadi, ammo uning kelajagi qanday bo'lishidan bexabarman”, deydi Manchini.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia