

Aytish joizki, Italiya terma jamoasi Qatardagi navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi. "Skuadra Adzurra" ketma-ket ikkinchi mundialni o'tkazib yuboradi.
“Jahon chempionatida ishtirok etish uchun to'rt yil kutishimiz kerak. Ammo biz Amerika qitasidagi mundialga borib, g'olib bo'lishni istaymiz, bu bizning maqsadimiz", - dedi Manchini.
2026 yilgi jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Bu finalda 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan ilk jahon chempionati bo'ladi.



