Manchini Italiya TJdagi kelajagi haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
29 mar 2022, 09:30
Roberto Manchini Italiya termasidagi faoliyatini davom ettirish haqida gapirdi.

Avvalroq, unga MYU va PSJ qiziqayotgani aytilgandi.

“Boshida boshlashimiz kerak. Biz Italiya futbol federatsiyasi prezidenti bilan gaplashdik. Endi Turkiyaga qarshi o'yin haqida o'ylaymiz va keyin nimani yaxshilash kerakligini xotirjam muhokama qilamiz. Yevropa va jahon chempionatida g'olib bo'lishni istardim, ammo endi mundialni chetga surib turishimizga to'g'ri keladi. Menga ishim maqul kelmoqda va yigitlar bilan muvaffaqiyatlarga erishmoqchiman. Ko'ngilsizlikni aytmasa, hammasi avvalgidek davom etadi”, deydi Manchini.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: FIGC