Manchini - Fergi-taym haqida: "MYU o'z uyida yutqazayotgan bo'lsa 5, yutayotgan bo'lsa 2 daqiqa qo'shishardi"

Mirjalol Normatov
12 apr 2020
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini "Manchester Yunayted" sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson haqida gapirdi.

- Angliyada Fergi-taym juda mashhur edi. Bazida jamoa bir soatda amalga oshira olmagan ishni bir necha daqiqada bajarib qo'yardi.

- Fergi-taym qanday ishlaganini bilasizmi? Agarda "Yunayted" o'z maydonida yutqazayotgan bo'lsa, 5 daqiqa qo'shilardi. Agarda yutayotgan bo'lganida 2.

"Siti"ni boshqargan vaqtimda biz Manchester derbisi tarixini burib yubordik. Derbida 6:1 hisobida g'alabaga erishdik, endi bundan buyog'iga buni hech kim takrorlay olmaydi. O'shanda ham 5 daqiqa qo'shishlari mumkin edi.

Lekin nima desam ham Fergyuson dunyoning eng zo'r murabbiyi bo'lganini tan olaman, - dedi Manchini.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal