

"Italiya termasining eshiklari barcha uchun ochiq. Futbolchilar bizga yordam berishni istasa, nima uchun ularning ko'ksidan itarishimiz kerak? Balotellining chaqirilishi - umidsizlik belgisi? Agarda shunday bo'lganida buni Evrodan oldin his qilgan bo'lardik. Balki biz kuchimiz etgan ishni qilayotgandirmiz. Shu sababli Marioning termaga chaqirilishini umidsizlik deb baholamagan bo'lardim. U doimo eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib kelgan.
Asosiysi - uning jismoniy holatiga to'g'ri baho berish. So'nggi paytlarda uni ko'p ham kuzata olmadik. Shu sababli uni yaqindan kuzatish foydadan holi bo'lmaydi. U termaga qaytishidan xursand bo'lmoqda. Ammo Mario men uchun barcha qatori futbolchi", - dedi Manchini.



