Manchesterning ikki jamoasi APLning yangi qoidasiga qarshi chiqishgan

Tolibjon Qosimov
8 sen 2017
Kecha Angliya Premer-ligasidagi jamoalar transfer oynasini chempionat boshlangunga qadar yopishga ovoz berishgan edi.

Ma'lum bo'lishicha, 5ta klub bunga qarshi ovoz bergan.

Qarshi ovoz berganlar: "Manchester Yunayted", Manchester Siti", "Suonsi", "Kristal Pelas" va "Uotford". "Bernli" esa ovoz berish jarayonida ushlanib qolgan.

Oldinroq, Premer-liga yozgi transfer oynasi muddatini o'zgartirmoqchiligi ma'lum bo'lgan edi. 2018 yilning yozida oyna chempionat boshlangunga qadar yopiladi. Qaror klublarning ovoz berishidan so'ng qabul qilindi. APL jamoalarining ko'pchiligi buni maqullagan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports