"Manchester Yunayted"ning qaysi futbolchisi avgust oyida o'zini ko'rsata oldi?

MYU yarim himoyachisi Deniel Jeyms o'z klubida o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

21 yoshli uelslik futbolchi himoyachilar Aaron-Uan Bissaka va Xarri Maguayrlarni kurashda engib chiqib, g'olib bo'lganini takidlash joiz. Jeyms mankunianliklar safiga ushbu yozda "Suonsi" jamoasidan kelib qo'shilgandi. O'tgan oyda u APLda 4 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgandi. 


Manba: manutd.com