"Manchester Yunayted"ning Londonga jo'nab ketgan tarkibi e'lon qilindi. Unda Sulsher maqtagan futbolchi yo'q

Mirjalol Normatov
22 sen 2019
"Manchester Yunayted" bugun APL doirasida "Vest Xem"ga qarshi bahs olib boradi.

"Manchester Evening News" nashri "Manchester Yunayted"ning Londonga jo'nab ketgan futbolchilari ro'yxatini ma'lum qildi.

E'tiborlisi, oldinroq Sulsher maqtab o'tgan Meyson Grinvud ro'yxatda ko'rinish bermadi.

Darvozabonlar: De Xea, Romero, Grant.

Himoyachilar: Van-Bissaka, Yang, Lindelof, Roxo, Jons, Tuanzebe, Maguayr.

Yarim himoyachilar: Matich, Pereyra, Fred, MakTominay, Mata, Gomes.

Hujumchilar: Reshford, Chong, Lingard, Jeyms.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MEN