"Manchester Yunayted" Xarri Keynni sotib olishga tayyor

Tolibjon Qosimov
6 yanv 2018
"Manchester Yunayted" klubi "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynga e'tibor qaratdi.

"MEN" nashrining keltirishicha, "qizil iblislar" forvardning transferiga qiziqmoqda. Eslatib o'tamiz, ingliz futbolchisiga "Real" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar ispan grandi bilan kurashishga tayyor.

Ehtimoliy transferning summasi hozircha noma'lum. Xarri Keyn ortda qolgan yilda eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: MEN