

"Qizil iblislar" hujum poziciyasi uchun futbolchi izlashmoqda va serbiyalik o'yinchini ko'rib chiqishga tayyorlar.
22 yoshli forvard "Yuventus"ga 2022 yilning qishida "Fiorentina"dan o'tdi. Vlaxovich Turin jamoasi tarkibida 36ta o'yinda 17ta gol va 3ta assist qayd etdi. O'yinchining shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.
Hujumchi joriy mavsum 15ta o'yinda 8ta gol va 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt uni 85 mln evroga baholamoqda.



