"Manchester Yunayted" va "Nyukasl" Frimpongga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
23 fev 2023
"CBS Sports" jurnalisti Ben Jeykobsning xabar berishicha, APL klublari "Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpongga qiziqyapti.

Manbaning so'zlariga ko'ra, MYU hamon Diogu Dalot bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda, ammo hozircha muzokaralarda hech qanday siljish bo'lmadi, shuning uchun agar kelishuv amalga oshmasa, 22 yoshli Frimpong variant bo'lib turibdi.

"Nyukasl" himoyachini 33 yoshli Kiran Tripperning o'rnini bosuvchi uzoq muddatli futbolchi sifatida ko'rmoqda.

Niderlandiyalik futbolchi 2021 yildan beri Leverkuzenning "Bayer" klubida to'p tepmoqda. 2022/23 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 28 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning bitimi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CBS Sports